Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida mojaro kelib chiqdi
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida chegara hududlari aholisi o‘rtasida yangi mojaro yuzaga keldi. Bu haqda Qirg‘iziston chegara xizmati matbuot markaziga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Voqea Tojikistondan Qirg‘iziston hududiga o‘tuvchi Vorux anklaviga olib boruvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, janjal haydovchilar o‘rtasida kelib chiqqan.
Qirg‘iziston chegara xizmati 24 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30 larda janjal yuz bergan hududda vaziyat barqarorlashtirilganini, har ikki tomondan nizoga aloqador shaxslar aniqlanib, surishtiruv ishlari boshlanganini bildirgan.
Qirg‘iziston chegara xizmati mojaroning boshlanishida Tojikiston fuqarolarini ayblamoqda. Tojikiston tomoni hozircha bo‘lib o‘tgan voqeaga munosabat bildirmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter