Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i jinoyat ustida qo‘lga olindi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i jinoyat ustida qo‘lga olindi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish» bo‘lim boshlig‘i o‘zining ish yurituvida bo‘lgan «O.» xususiy korxonasiga qarashli dorixonada dori vositalarining qimmat narxlarda sotilayotganligidan norozi bo‘lib yozilgan murojaatni ushbu korxonaning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga korxona rahbaridan 200 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring