Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Momaqaldiroq, kuchli yomg‘ir va shamol — «O‘zgidromet» haftalik prognozni e’lon qildi

Momaqaldiroq, kuchli yomg‘ir va shamol — «O‘zgidromet» haftalik prognozni e’lon qildi

Joriy yilning 10-16-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

11-16-martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

11-martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

12-martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

13-martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

14-martda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

15-16-martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

10-16-martda respublikaning ayrim joylarida shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:

10-mart va 13-16-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida 17-22 m/s gacha;

11-12-mart va 15-16-martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zgidromet» qator viloyatlarda sel kelishi xavfi bo‘yicha ogohlantirish bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring