Misrda sayyoh ayol akula o‘ljasiga aylandi
Qizil dengizda suzib yurgan sayyoh ayol akula hujumiga uchradi.
Akula hujumi Saxl-Xashish kurorti yaqinida yuz bergan. Oqibatda ayol qo‘li va oyog‘idan ayrilgan. U kasalxonada yordam ko‘rsatilishiga qaramay vafot etgan.
Qayd etilishicha, marhuma 68 yoshli Avstriya fuqarosi bo‘lgan. U so‘nggi vaqtlarda Misrda doimiy yashab kelgan.
Akula hujumidan keyin Saxl-Xashish yaqinidan Makadi-Bey ko‘rfazigacha bo‘lgan hududda cho‘milish, baliq ovlash va boshqa suv sporti turlari uch kunga taqiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter