Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyeva vazir bilan «Qo‘qon voqeasi»ni muhokama qildi

Mirziyoyeva vazir bilan «Qo‘qon voqeasi»ni muhokama qildi

Foto: Saida Mirziyoyeva.

Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva vazir Ibrohim Abdurahmonov bilan Qo‘qon pedagogika institutida sodir bo‘lgan voqeani muhokama qildi.

«Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashdik va ta’lim sohasidagi masalalarni muhokama qildik.

Jumladan, Qo‘qon pedagogika institutida sodir bo‘lgan voqea hamda talaba qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish choralarini muhokama qildik.

Ta’lim tizimi har qanday zo‘ravonlikka qarshi kurashni boshlashimiz kerak bo‘lgan asosiy platformalardan biridir»,— deya yozadi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘qon pedagogika instituti talaba qizlar xonasida yashirin kamera o‘rnatilgani ma’lum bo‘lgandi. Ushbu voqea ortidan to‘rt nafar mas’ul xodim ishdan olindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring