Mirishkor tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun Xalq deputatlar Mirishkor tumani kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda shu vaqtga qadar Qamashi tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Sanayev Sherali Choriyevich Mirishkor tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Sh.Sanayevga Mirishkor tumani begona emas. U 2013-2018-yillarda tuman prokurori lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Mirishkor tumanining avvalgi hokimi G‘ayrat Begaliyev koronavirusdan vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter