Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliarder sevgilisining ukasidan pul talab qildi

Milliarder sevgilisining ukasidan pul talab qildi

Foto: «Peopletalk.ru»

«Amazon» asoschisi Jeff Bezos sevgilisining ukasi Maykl Sanchesdan shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlar tarqalishi bilan bog‘liq sud xarajatlari uchun 1,7 million dollar tovon puli talab qildi, deya xabar bermoqda «Blumberg».

Sanchesning advokati Tom Uorren milliarderning talabini «beadablik va bema’nilik»ka chiqardi.

2019-yil yanvar oyida Bezos va uning rafiqasi Makkenzi 25 yillik nikohdan so‘ng ajrashayotgani ayon bo‘ldi. OAV xabariga ko‘ra, «Amazon» egasining sobiq teleboshlovchi, 49 yoshli Loren Sanches bilan ishqiy munosabatlarini fosh qilgan «National Enquirer» tabloidining jurnalist «tekshiruvi»dan milliarder xabar topgan. Tabloidning qayd etishicha, uning vakillari Bezos bilan bog‘lanib, ajrashuv e’lon qilinishidan atigi 48 soat oldin to‘plangan hujjat haqida ma’lum qilishgan.

Janjaldan so‘ng Bezos shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarning tarqalishini tekshirish uchun xususiy detektiv yollagan. Keyinchalik u Devid Peker boshchiligidagi «American Media Inc» (AMI) kompaniyasining tabloidi noshiri Bezosning o‘zi Sanchesga yuborgan fotosuratlarni chop etish bilan tahdid qilganini da’vo qildi. «Wall Street Journal» nashrining aniqlik kiritishicha, «National Enquirer» tabloidi milliarderning ochiq yozishmalari uchun Bezos ma’shuqasining ukasiga 200 ming dollar to‘lagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring