MIBning Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari o‘zgardi

Ahrorbek Arziyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bungacha ushbu lavozimda Abdulla Qodirov faoliyat yuritib kelayotgandi.
A.Arziyev 1984 yili Andijon viloyatida tug‘ilgan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2007 yilda Andijon viloyatining Izboskan tumanida boshlagan va bir qator mas’ul vazifalarni bajargan, byuro organlarida ish faoliyatini 2019 yildan boshlagan.
Mazkur tayinlovga qadar, A.Arziyev Byuroning markaziy apparatida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar hujjatlarini ijro etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter