MIB nopok xodimlardan tozalanmoqda
Fuqarodan uning nomiga avtomashinani rasmiylashtirib berish va ijro ishini tugatish uchun pora olgan MIB xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi MIB xodimlari tomonidan fuqaro S.F.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko‘chasida joylashgan «N» kafesi oldida MIBning Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi F.E. ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining 11.04.2019 yildagi javobgarlar M.F. va boshqalardan da’vogar S.F. foydasiga ulushni pul miqdorida ajratish hamda egalik huquqini belgilash haqidagi ijro varaqasi yuzasidan yuritilgan ijro ishi bo‘yicha javobgarlarga tegishli bo‘lgan avtomashinani S.F.ning nomiga rasmiylashtirib berish va ijro ishini tugatish uchun tamagirlik yo‘li bilan undan 750.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, F.E. muqaddam ham fuqaro S.F.dan yuqorida qayd etilgan fuqarolik ishi yuzasidan yuritilgan ijro ishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni chiqarib, natijada «Mersedec-Benz 320Ye» rusumli avtomashinani uning nomiga rasmiylashtirib berish uchun 2.400 AQSh dollari va 300.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida olgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan F.E.ga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi «a, v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter