Metro qurilishidagi fojia bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Bosh prokuratura
Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan o‘pirilish fojiaga olib kelganidan xabaringiz bor. Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida kecha va bugun 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, poytaxt prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi va 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tegishli protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter