Messi Ronalduga qarshi to‘p suradigan o‘yin chiptasi 2,6 mln dollarga sotildi
Ar-Riyodda xayriya kimoshdi savdosi o‘tkazildi: unda «Pari Sen-Jermen» hamda «An-Nasr» va «Al-Hilol» o‘yinchilaridan tashkil topgan jamoa o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinining maxsus chiptasi sotildi.
Chipta yakunda 2,6 million dollarga sotildi.
France Presse agentligi xabariga ko‘ra, chiptani saudiyalik magnat Mushrif al-G‘amdiy qo‘lga kiritdi. Bu chipta unga futbolchilar bilan birga suratga tushish hamda jamoalarning kiyim almashtirish xonalariga kirish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘rtoqlik o‘yini ertaga, 19-yanvar kuni Ar-Riyoddagi Podshoh Fahd stadionida bo‘lib o‘tadi. Maydonda «PSJ» forvardi Lionel Messi hamda «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu to‘p suradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter