Mashina kattaligidagi asteroid Yerning yonginasidan o‘tib ketdi
Astronomlar 24-martdan 25-martga o‘tar kechasi, ya’ni bir kun qolganida (!) 2022 FD1 asteroidi Yerga yaqinlashayotganini aniqlashdi. Bugun kunduzi u Yerga juda yaqin masofada o‘tib ketdi.
Asteroid Yerdan 8 ming kilometr olislikda o‘tgan — fazoviy qarichlarda bu juda-juda yaqin masofa. Fazoviy jismning diametri ikki-uch metr atrofida — taxminan bitta avtomobil kattaligida. Agarda to‘qnashuv sodir bo‘lganida ham u atmosferada to‘liq yonib ketgan bo‘lardi, deyiladi xabarda.
Ushbu fazoviy «mehmon» 2013-yilning sentyabrida ham Yerga yaqinlashgan. Keyingi qaytishi 2024-yilning may oyiga to‘g‘ri keladi, faqat u safar juda olis — 30 million kilometr naridan o‘tib ketadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter