Markaziy Osiyodagi eng katta masjid qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi
Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid 2019 yilning avgust oyida ishga tushadi. Bu haqda Tojikistonning «Asia Plus» nashri xabar berdi.
Mazkur masjidda bir vaqtning ichida 120 ming kishi ibodat qilishi mumkin.
2009-yilda Tojikiston prezidenti tashabbusi bilan mazkur masjidga ilk poydevor qo‘yilgan edi.
Masjid loyihasi Qatar va Tojikiston mutaxassislar hamkorligida ishlab chiqilgan bo‘lib, har biri 75 metr balandlikdagi to‘rtta minora, 47 metrlik bosh gumbaz va 20 ta katta-kichik gumbazlardan tashkil topgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter