Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Markaziy bank boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘iga asosan Davron Rahimjonovich Ismatov Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

D.Ismatov bunga qadar qadar MB Toshkent shahar Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Davron Ismatov 1982-yil tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini 2003-yilda bakalavr, 2005-yilda magistr bosqichlarini, shuningdek, 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi maxsus kursini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2003-yildan boshlagan, 2004-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2019-yildan Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Sherzod Xadjizadayev yanvar oyining oxirida o‘z lavozimini tark etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring