Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marhum soliqchining yaqinlari ayovsiz kaltaklangani aytilmoqda

Marhum soliqchining yaqinlari ayovsiz kaltaklangani aytilmoqda

Marhum Aziz Ahmedov.

2021-yil 10-iyun kuni Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Ahmedov Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining zo‘ravonligi tufayli vafot etgani xabar berilgandi.
 
«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, Aziz Axmedovning opasi va ukasi kecha kuppa-kunduzi sud binosida kaltaklangan.
 
Ular hozirgi kunda tuman markaziy shifoxonasida qolmoqda.
 
«Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Samarqand sudi tomonidan qotillarga belgilangan o‘ta yumshoq hukmni bekor qilib, ishni qayta ko‘rish uchun Navoiy viloyati sudiga yuborgandi.
 
Kecha sud majlisi boshlanishidan avval YPX xodimlarining qarindoshlari marhumning yaqinlarini shafqatsizlarcha kaltakladi. Imkon qadar ertaga bu boradagi video tasvirlarni e’lon qilamiz», deya yozadi Tashanov.
 
Eslatib o‘tamiz, mazkur ish doirasida 2 nafar shaxsga ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring