«Manchester Siti» to‘xtatildi! Endi kuchli beshlik chempionatlaridagi mag‘lubiyatsiz seriya faqat «Barselona»da qoldi

Kataloniya klubi ham bugun 11 yildan beri g‘alaba nimaligini bilmayotgan stadionga boradi.
Gvardiola boshchiligida «Manchester Siti» ushbu mavsumda APLda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan edi. Hozirgina yakunlangan 23-tur doirasida «shaharliklar» nihoyat to‘xtatildi. Bu vazifani «Liverpul» bajardi. Klopp shogirdlari birinchi davrada uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyat (5-0) alamini olishdi.
Liverpul – Manchester Siti – 4:3
Gollar: 1:0 – 9 Oksleyd-Chemberlen, 1:1 – 40 Sane, 2:1 – 59 Firmino, 3:1 – 61 Mane, 4:1 – 68 Saloh, 4:2 – 84 Bernardu Silva, 4:3 – 90 Gyundogan.
14 yanvar, 19.00, «Enfild»
Shu tarzda kuchli beshlik chempionatlaridagi mag‘lubiyatsiz seriya faqat «Barselona»da qoldi. Valverde shogirdlari bugun «Real Sosedad» mehmoni bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, kataloniya grandi «Anoeta» stadionida 11 yildan beri g‘alaba qozona olmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter