Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mamlakat ichida smartfon sotib olganlar IMEI-kod uchun pul to‘lamaydi

Mamlakat ichida smartfon sotib olganlar IMEI-kod uchun pul to‘lamaydi

Ayni kunlarda mobil qurilmalarining IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilmoqda. Shunday bo‘lsada, har bir fuqaro uchun muhim bo‘lgan ushbu tizim haqida ko‘plab savollar yuzaga kelmoqda. Shuni e’tiborga olib, AKT vazirligi axborot xizmati IMEI-kod bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan dolzarb savollarga yana bir bor oydinlik kiritdi.

Quyidagilar hamma bilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, chunki IMEI-kodlarni bepul ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan muddat tugadi.

  1. IMEI-kod kim tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

IMEI-kod mobil qurilmani O‘zbekiston hududiga olib kirgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Demak bundan ko‘rinib turibdiki, mobil qurilmani mamlakat ichida sotib olayotgan fuqaro uni ro‘yxatdan o‘tkazishi shart emas. Faqat xarid qilinayotgan qurilmaning ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini tekshirib ko‘rishi zarur. Buni:

  • UZIMEI rasmiy veb-sayti orqali;
  • 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali;
  • USSD *1170# yoki SMS 1170 so‘rovlari yordamida bilib olishingiz mumkin.

Agar siz sotib olayotgan mobil qurilma ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, bilingki, bu qurilma O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirilgan, ushbu ma’lumot asosida Siz huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, IMEI-kod mobil qurilmani O‘zbekiston hududiga olib kirgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilangan.

  1. IMEI-kod nima?

Mobil qurilmaning 15 xonalik seriya raqami IMEI-kod deyiladi. IMEI-kod SIM-kartalar ishlashini ta’minlovchi barcha mobil qurilmalarda mavjud bo‘lib, SIM-kartaning har bir slotiga alohida beriladi. Agar mobil qurilmada SIM-kartalarning ikki yoki undan ko‘p slotlari mavjud bo‘lsa, ushbu mobil qurilma ikki yoki undan ortiq IMEI-kodlarga ham ega bo‘ladi.

Demak, agar sizda ikkita SIM-karta bilan ishlaydigan mobil qurilmangiz bo‘lsa, ikkita IMEI-kod olishingiz lozim bo‘ladi.

  1. IMEI-kod nimaga kerak?
  • mobil qurilmalarning IMEI-kodi/kodlarini tekshirish orqali sifatsiz, inson sog‘lig‘iga zarar keltiradigan va respublika hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan qurilmalar savdosining oldini olish uchun;
  • mobil qurilma yo‘qolib qolgan yoki o‘g‘irlangan holatda uning qidiruv ishlarini tezkor amalga oshirish uchun;
  • mobil gadjetlarni qo‘llagan holda sodir etiladigan jinoyatlarni samarali va tezkor fosh etish uchun;
  • soliq va bojxona tizimida korrupsiya xavfini qisqartirish uchun.
  1. Qurilmaning IMEI-kodini qayerdan bilish mumkin?

IMEI-kod qurilmaning klaviaturasida *#06# buyrug‘ini terish orqali bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ushbu kod qurilmani qutisida, kafolat kartasida va ayrim qurilmalarning batareyasi ostida yozilgan bo‘ladi.

  1. Qachon ro‘yxatdan o‘tkazish kerak?

Qurilma orqali birinchi tarmoq hodisasi sodir etilgandan so‘ng (ya’ni birinchi marta SIM-karta qo‘yilganidan keyin) 30 kun ichida IMEI-kodi ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Hozirda foydalanilayotgan mobil qurilmalarning IMEI-kodi 1 noyabrgacha avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazilgan (tekshirib ko‘rishingiz mumkin).

Demak, mobil qurilmalar tizim operatoriga murojaat qilish orqali:

  • 1 noyabrdan 1 dekabrgacha – bepul edi;
  • 1 dekabrdan – to‘lov asosida ro‘yxatga olinadi.

Sotib olingan, ammo shu kungacha ishlatilmagan (yangi) mobil qurilmalar taqdiri nima bo‘ladi?

Unday qurilmalarni, afsuski, jismoniy shaxslar endi ro‘yxatan o‘tkaza olmaydilar. Yuridik shaxslar esa tizim operatoriga murojaat asosida, kerakli hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng, bunday qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.

IMEI-kod qancha to‘lov evaziga ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

bitta IMEI-kodi uchun BHMdan foiz hisobida:

  • import qiluvchi uchun – 20% (44 600 so‘m)
  • ishlab chiqaruvchi uchun – 10% (22 300 so‘m)

jismoniy shaxs (rezident) uchun birinchi tarmoq hodisasidan boshlab:

  • 30 kun ichida – 20% (44 600 so‘m)
  • 30 kun o‘tgandan keyin – 25% (55 750 so‘m)

jismoniy shaxs (norezident) uchun:

  • chet el SIM-kartasidan (roumingdan) foydalanilganda – bepul
  • mahalliy SIM-kartadan 30 kun ichida foydalanilganda – bepul
  • mahalliy SIM-kartadan 30 o‘tgandan keyin foydalanilganda – 20% (44 600 so‘m)
  1. Tizim operatoriga qanday murojaat qilinadi?

Buning 5 ta yo‘li bor:

1) uzimei.uz sayti orqali
2) my.gov.uz sayti orqali
3) 1170 raqamiga SMS yuborish orqali
4) *1170# ga USSD so‘rov yuborish orqali
5) Pochta aloqa bo‘limiga yoki tizim operatoriga (Sebzor, 18-A manziliga) shaxsan borish orqali

  1. SIM-kartani o‘zgartirganda, IMEI-kodni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish kerakmi?

Yo‘q. IMEI-kod 1 marotaba UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. SIM-karta o‘zgartirilganda IMEI-kodni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinmaydi.

  1. IMEI-kod kim tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

IMEI-kod mobil qurilmani O‘zbekiston hududiga olib kirgan yuridik yo jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

  1. IMEI-kodning holatini qanday tekshirsa bo‘ladi?

1) UZIMEI rasmiy veb-sayti orqali;
2) 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali;
3) USSD *1170# yoki SMS 1170 so‘rovlari yordamida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring