Malida shina yorilishi qariyb 40 kishining umriga zomin bo‘ldi
Malining «Essor» gazetasi transport va infratuzilma vazirligiga tayanib xabar berishicha, Malining Segu viloyatida avtohalokat oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea seshanba kuni Segu viloyati ma’muriy markazidan 20 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Hodisa natijasida 37 kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, bir necha kishi yaralangan.
Mahalliy Mali24.info portali xabariga ko‘ra, avtobus va yuk mashinasi to‘qnashgan. Taxmin qilinishicha, voqeaga yuk mashinasi shinasining yorilishi sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter