Maktablar va «Mehribonlik uylari»ga kitoblar bepul tarqatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5-aprel kuni «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Unga ko‘ra:
— iste’dodli ijodkorlarga «Ijod» jamoat fondi mablag‘lari hisobidan aniq ijtimoiy buyurtmalar berish tizimini shakllantirish;
— badiiy asarlarni xorijiy tillarga tarjima qilish maqsadida milliy adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya tuzish;
— komissiya tomonidan saralangan asarlarni «Ijod» jamoat fondi mablag‘lari hisobidan xorijiy tillarga yuqori sifat bilan tarjima qilish va chet ellarda nashr ettirish;
— badiiy adabiyot bo‘yicha yosh tarjimonlarni tayyorlash, faoliyat ko‘rsatayotgan tarjimonlarning professional malakasi va mahoratini oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
— respublika bo‘yicha «Kitob aksiyasi» tadbirlarini muntazam yo‘lga qo‘ygan holda, mahalla va maktablar, «Mehribonlik uylari»ga «Ijod» jamoat fondi homiyligida chop etilgan kitoblarni bepul yetkazib berish haqidagi takliflar ma’qullandi.
Shuningdek, audiokitoblar ishlab chiqarish va ularni tarqatish, shuningdek, o‘zbek adabiyoti targ‘ibotiga bag‘ishlangan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tizimli ravishda e’lon qilib borish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter