Maktabgacha ta’lim tizimida bir qancha elektron xizmatlar yo‘lga qo‘yildi
Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan MTT tashkilotlarini yagona bazasini hamda MTTlarining dastlabki ma’lumotlari (quvvati, hududi, bino, inshootlar maydoni va h.k) o‘z ichiga olgan MTT pasporti moduli ishlab chiqilib, barcha ma’lumotlarni elektron tarzda shakllantirish ishlari boshlandi.
MTTlarda «Yagona mavsumiy taomnoma» asosida tarbiyalanuvchilar davomatidan kelib chiqib oziq-ovqat xarajatlarini elektron tarzda hisoblash amaliyotga tatbiq etildi.
Bundan tashqari, bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovini elektron hisobga olish tizimi joriy etilib, to‘lovlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatning (chek, hisob-faktura) to‘lovchiga taqdim etish moduli ishlab chiqildi.
Shuningdek, MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatdan o‘tgan tasvirlari sun’iy intellektning «deep learning inference» (chuqur o‘rganish) metodi orqali haqiqiylikka tekshirish yo‘lga qo‘yildi.
NMTTBAT Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlarini xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib har oy avtomatik ravishda hisoblab chiqadi va ularni moliyalashtirish uchun elektron to‘lov hujjatlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlariga jo‘natadi.
Subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari avtomatik ravishda hisoblanishi natijasida tadbirkorlar tomonidan har oy buyurtma hisobotlari topshirishdagi byurokratik ovoragarchiliklar va qog‘ozbozlik yo‘qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter