Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun qishki ta’til qachondan boshlanishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 28-dekabr, payshanba kuni qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi. 27-dekabr, chorshanba kuni esa II chorakdagi so‘nggi o‘qish kuni bo‘ladi.
Ta’til 14 kalendar kun, 2024 -il 10-yanvargacha davom etadi. III chorak darslari 2024-yil 11-yanvar, payshanba kunidan boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter