Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi bog‘chalarning birida bolalarga igna sanchilgani aytilgandi. Aybdorlarga sud hukmi o‘qildi

Toshkentdagi bog‘chalarning birida bolalarga igna sanchilgani aytilgandi. Aybdorlarga sud hukmi o‘qildi

Joriy yil may oyining oxirlarida Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 122-bog‘chada bolalarni uxlamagani uchun oyoqlariga igna sanchilgani haqida xabar tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan, bugun, 8-iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining cayyor majlisida 34 yoshli S. E. (122-DMTT tarbiyachisi) va 20 yoshli M. R. (Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi Pedagogika kollejining 3-bosqich o‘quvchisi)ga oid ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Sud ularni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, har biriga BHMning 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Shuningdek, sud tomonidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘iga sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik yuzasidan mehnat munosabatlaridan kelib chiqib, rasmiy munosabat bildirish va tegishli chora-tadbirlar belgilash hamda huquqbuzarlik sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 313-moddasi tartibida taqdimnoma ham chiqargan.

Bundan tashqari 122-DMTT mutasaddilariga ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, tarbiyalanuvchilarni qabul qilinganlik holati va ular uchun to‘lovlar amalga oshirilganligini tekshirib, qonuniy baho berish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 278-moddasi tartibida Yangihayot tuman prokuroriga ham xabarnoma yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring