Makron ham Isroilga bordi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Tel-Avivga keldi.
Isroilning «Gaarets» nashriga ko‘ra, Fransiya prezidentining Bosh vazir Benyamin Netanyaxu, prezident Ishak Gersog va isroillik garovga olinganlarning oilalari bilan uchrashishi kutilmoqda.
Makron uchun tuzilgan safar rejasida G‘arbiy sohildagi Ramallahda Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashuv ham borligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 19-oktyabr kuni Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak ham Isroilga kelgan va siyosatchining Isroil hukumati bilan G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami va anklav tinch aholisini evakuatsiya qilish masalalarini muhokama qilgani aytilgan edi.
Undan oldin esa Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jo Bayden ham Isroilda bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter