Makron Durovning qamoqqa olinishi bo‘yicha bayonot berdi
Prezident Makron Durovning hibsga olinishi haqida bayonot berdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Pavel Durovning mamlakatda hibsga olinishi siyosiy qaror emasligini aytdi.
«Pavel Durov hibsga olinganidan keyin Fransiya haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni o‘qiyapman. Fransiya so‘z va muloqot erkinligi, innovatsiyalar va tadbirkorlikka har qachongidan ham sodiqdir. Doim shunday bo‘ladi», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning aytishicha, real hayotdagi kabi ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni himoya qilish va ularning asosiy huquqlarini hurmat qilish uchun qonun bilan belgilangan doiradagi erkinliklardan foydalaniladi.
«Fransiyada Telegram rahbarining hibsga olinishi davom etayotgan sud tergovi doirasida sodir bo‘ldi. Bu hech qanday siyosiy qaror emas. Qarorni hakamlar qabul qiladi», - deya qo‘shimcha qildi u.
Pavel Durovga qarshi tergovni Fransiya politsiyasining kiber va moliyaviy jinoyatlarga ixtisoslashgan bo‘linmalari olib bormoqda, deya xabar beradi Reuters.
Agentlik manbasining aytishicha, politsiya Telegram’da moderatsiyaning yo‘qligi va huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli jinoyatlarni tergov qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter