«Lokomotiv» — «Ad-Duhayl»: chiptalar bepul tarqatiladi
![«Lokomotiv» — «Ad-Duhayl»: chiptalar bepul tarqatiladi](https://static.xabaruz.com/crop/6/5/720_460_95_65749935.jpg)
Ertaga, 12-mart kuni OChL-2018 guruh bosqichining 4-turi doirasidaToshkentning «Lokomotiv» klubi o‘z maydonida Qatarning «Ad-Duhayl» jamoasini qabul qiladi.
Poytaxt jamoasi mazkur uchrashuvni yuqori saviyada o‘tkazish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. O‘yin kuni stadion hududida klubning rasmiy do‘koni ishlaydi. Eng asosiysi, futbol ishqibozlariga chiptalar 1-8-sektorlar uchun stadion kassalarida bepul tarqatiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Lokomotiv» — «Ad-Duhayl» bahsi ertaga soat 17:00da «Lokomotiv» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter