Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu va uning jamoasi alamli tarzda OChLdan chiqib ketdi

Ronaldu va uning jamoasi alamli tarzda OChLdan chiqib ketdi

«An Nasr» Osiyo Chempionlar Ligasidagi yurishini chorak finalda to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan jamoa dastlabki bahsda «Al Ayn»ga safarda minimal hisobda yutqazgandi. Javob o‘yinida ham dastlab ikki gol o‘tkazib yuborildi. So‘ng uchta shgol urilib, o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar yana bittadan gol urishdi. Penaltilar seriyasida esa omad «An Nasr»ga kulib boqmadi.

An Nasr  Al Ayn 4:3

Penaltilar seriyasi — 1:3.

Gollar: G‘arib (45+5), Eysa (51, avtogol), Telles (72), Ronaldu (117, penalti) — Rahimi (28, 45), Ash Shamsi (103). 

An Nasr – An Najar, Al Avjami, Al Fatil (As Sulayhi, 90+2; An Nemer 105), Al Amri (Ayman, 64), Telles, Brozovich, Otavio, Al Haybari, Mane, G‘arib (Al Hasan, 84), Ronaldu.

Al Ayn – Eysa, Hoshimiy, Otonne, Erik (Said Juma, 70), Al Balushi (Muhammad Abbos, 78), Palasios, Pak Vu Yon, Nodir (Ash Shamsi, 99), Muhammad, Romero, Rahimi.

Ogohlantirishlar: Erik (32), Al Balushi (38), Brozovich (45+8), Mane (71), Otavio (84), Rahimi (85), Juma (116).

Chetlatish: Ayman (98).

Birinchi o‘yin  0:1.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring