O‘zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Timur Rahmonov bugun Latviya poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Yangi tayinlangan elchi 2021-2024 yillarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsul lavozimida ishlagan. Uning konsullik okrugiga Rossiyaning Sibir federal okrugi kirgan.
46 yoshli diplomat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
Timur Rahmonov TIV tizimidagi faoliyatini 1999 yilda boshlagan. O‘tgan yillar davomida u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning Polsha, Italiya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishladi. 2017–2018 yillarda esa Tashqi ishlar vazirligining Urganch shahri hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
Rus, ingliz, polyak, ispan tillarini mukammal biladi.
Timur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda mamlakatimizning Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida ishlagan Qadamboy Sultonov o‘rniga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter