Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Latviya jiddiy muammo ostonasida: aholi keskin kamayishi davom etmoqda

Latviya jiddiy muammo ostonasida: aholi keskin kamayishi davom etmoqda

2022-yilda Latviyada so‘nggi 100 yildagi eng past tug‘ilish qayd etildi. Bu haqda mamlakat Statistika departamenti xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Latviyada 2022-yilda tug‘ilish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 10,8 foizga kamaydi.

«Statistika departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 15 535 yangi tug‘ilgan chaqaloq tug‘ilgan», deyiladi hisobotda.

Bu ko‘rsatkich bir asr davomidagi yangi antirekordga aylandi.

Ayni paytda mamlakat aholisi taxminan 1 mln 873 ming kishini tashkil etmoqda va muntazam kamayib bormoqda. Misol uchun Latviya aholisi 1990 yilda 2 mln. 668 ming kishini tashkil etgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring