Qimmatga tushgan «romantika»: «Lacetti»dan tanasini chiqarib olgan qizga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti lyukiga chiqib olib, ketayotgan qiz videosi tarqaldi. Hodisa Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan.
Viloyat IIB xodimlari qoidabuzarlarni aniqlab, jazoga tortdi.
Yo‘lovchi qizga nisbatan MJtKning 138-moddasi (Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish) bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, BHMning 1 baravari (245 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.
Ishtirokchilar mazkur ishlaridan qattiq pushaymonliklarini bildirib uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter