Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kozim To‘laganov vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Kozim To‘laganov vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Bugun Toshkent shahri va Jizzax viloyatining sobiq hokimi Abduqahhor To‘xtayev O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

«Xabar.uz» manbasi tasdiqlagan ma’lumotga ko‘ra, qurilish vaziriga o‘rinbosarlar ham tayinlangan. Jumladan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining sobiq hokimi Kozim Nosirovich To‘laganov yangi vazirlikda vaziri o‘rinbosari sifatida ish boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kozim To‘laganov 2017-yilning mayidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi Prezidentning 2 apreldagi «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan tashkil qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring