Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilish vazirligi elektron platformasiga hakerlar hujum qildi

Qurilish vazirligi elektron platformasiga hakerlar hujum qildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining «Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish» elektron platformasiga hakerlar hujumi kuzatildi.

www.rd.ms.uz havolasi orqali kiriladigan tizimda terrorchi guruhning bayrog‘i aks etgan surat va «sizning tizimingiz IShID tomonidan buzilgan. Biz shu yerdamiz» degan yozuv qoldirilgan.

Vazirlik holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, unda saytga buzib kirilmagani, faqatgina havolani o‘zgartirishga urinish bo‘lganini aytadi.

«Bugun, 26-mart kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining mc.uz rasmiy saytidagi rd.mc.uz havolasiga hakkerlar hujum qilishga harakat qilgan», – deyiladi vazirlik bayonotida.

Ta’kidlanishicha, rasmiy sayt faoliyatida hech qanday uzilishlar bo‘lmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring