AQSh uch nafar o‘zbekistonlikni «qora ro‘yxat»ga kiritdi
AQSh davlat departamenti uch nafar o‘zbekistonlikni IShIDga aloqadorlar ro‘yxatiga qo‘shdi.
Ular AQSh Turkiya bilan hamkorligida IShIDga aloqador «qora ro‘yxat»ga qo‘shildi.
Jumladan, Muhammadyusuf Alisher o‘g‘li Mirzoyev — 2023-yilda IShID bilan bog‘liq «harbiy» o‘quv lagerini tashkil etish ishlarida ishtirok etgan.
Muhammad Ibrohimjon Niyozov — IShID a’zolariga ma’muriy va logistik yordam ko‘rsatgan.
Olimxon Mahmudjon o‘g‘li Ismoilov — IShID bilan bog‘liq kontrabanda tarmog‘i a’zosi.
Mazkur shaxslarning AQShdagi yoki AQSh fuqarolari nazoratidagi barcha mulklari va mol-mulk manfaatlari bloklanadi. Ular bilan muayyan operatsiyalarni amalga oshirgan har qanday AQSh yoki xorijlik fuqarolar sanksiyaga uchrashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter