Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilish vazirligi sifatsiz armatura videosiga munosabat bildirdi

Qurilish vazirligi sifatsiz armatura videosiga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda sifatsiz armatura bilan bog‘liq video taraldi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bunga munosabat bildirdi.

Vazirlik videodagi holat qachon va qayerda bo‘lgani noma’lumligini bildirib, agar ushbu holatning qaysidir qurilish ob’yektida sodir bo‘lgani yoki uning ishlab chiqaruvchisi haqida asosli ma’lumot bo‘lsa, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tegishli chora ko‘rib, vaziyat haqida axborot berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Shuningdek, qurilish ob’yektlariga olib kelinayotgan materiallar inspeksiyaning maxsus laboratoriyasi tekshiruvidan o‘tkazilishi, ishlab chiqarish jarayonida ham laboratoriya tahlillar tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish  inspeksiyasi  laboratoriyalarida 78 tadan 108 tagacha turdagi qurilish materiallarining sifat ko‘rsatkichi  sinovdan o‘tkazilmoqda. 2023 yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida qurilish ob’yektlarida qurilish materillarining yuqorida aytilgan barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha namunalar tanlab olinib, sinov laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilgan. 

Xususan, 28,8 mingdan ziyod sinov bayonnomalari rasmiylashtirilgan hamda 28,01 mingtasida ijobiy natijalarga erishilgan, qolgan 700 dan ziyod holat yuzasidan salbiy bayonnomalar rasmiylashtirilib, hududiy inspeksiyalar tomonidan shaharsozlik sub’yektlariga nisbatan ma’muriy jarimalar, taqdimnomalar hamda ushbu ob’yektda qo‘llangan sifatsiz mahsulotlarni ob’yektlarda buzdirish va to‘xtatish ishlari amalga oshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring