Koronavirusni oddiy shamollash yoki grippdan qanday farqlash mumkin?
Ushbu savolga Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti UASh malakasini oshirish kafedrasi professori, SSV Bosh umumiy amaliyot shifokori Mashkura Zohidova javob berdi:
— Koronavirus kasalligida ko‘p uchraydigan ayrim erta belgilar shamollash va gripp kasalligi belgilariga o‘xshaydi. Bular: tana harorati ko‘tarilishi, umumiy holsizlik, ishtahaning yo‘qolishi, mushaklardagi og‘riq, ta’m va hid sezmaslik. Biroq koronavirus o‘rta og‘irlik va og‘ir kechishida kasallikning 5-7 kuniga tana haroratining 38-39 S dan oshadi, nafas olish yetishmovchiligi, hansirash paydo bo‘ladi, oddiy shamollash va grippda esa — aksincha 3-4 kundan keyin bemor ahvoli yaxshilana boradi.
Bundan tashqari koronavirus kasalligini aniq tashxislash uchun epidemiologik anamnez, PZR tekshiruvi javobi musbat bo‘lishi, kislorod saturatsiyasi 95% dan kamayishi, KTsida xarakterli «bug‘li oyna» simptomi kuzatilishini inobatga olishimiz kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter