Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyaning kadrlarni tanlab olishdagi tanlov tizimi o‘rganildi

Koreyaning kadrlarni tanlab olishdagi tanlov tizimi o‘rganildi

Koreya Respublikasining Milliy instituti (NHI) Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi taklifiga asosan O‘zbekistondagi davlat idoralari va tashkilotlaridagi kadrlar bo‘yicha mas’ul xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish dasturi tashkil etildi.

Xizmat safari davomida Koreyaning davlat xizmati tizimi, iqtidorli kadrlarni ishga jalb qilish siyosati, kadrlarni rejalashtirish, davlat xizmatiga kirish imtihoniga tayyorgarlik, davlat xizmatchilarining zaxira tizimi, zaxirani rejalashtirish, nomzodlarni tayyorlash va baholash, zamonaviy HR tizimini yaratish yo‘nalishlarida uchrashuv, seminar, treninglar o‘tkazildi.

Ushbu treningda AKT vazirligining kadrlar bo‘limi rahbari Muhayyo Chulliyevaning ham qatnashishi vazirlik tizimiga zamonaviy inson resurslarini boshqarishni kirib kelishiga yordam beradi.

Shuningdek, Koreyaning Kadrlarni boshqarish vazirligida tanlovni o‘tkazish tartibi, bosqichlari, davlat xizmatchilariga malaka darajalarini berish mexanizmi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Muloqot davomida Koreyaning kadrlarni boshqarishdagi siyosati ham tahlil qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring