Ko‘p terlash xavfli kasallik alomati ekanligi aniqlandi
Hech qanday sababsiz ko‘p terlash — Parkinson kasalligidan darak beruvchi keng tarqalgan alomatlardan biri. Bu haqda Amerika Parkinson kasalligi assotsiatsiyasiga tayanib «Express» xabar berdi.
Nashrning yozishicha, alomatlar odatda sekin-asta rivojlanadi va arzimasdek ko‘rinadi.
Haddan tashqari ko‘p terlash, mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tananing asosan tepa qismida kuzatiladi. Agar o‘zingizda ushbu alomatni payqasangiz, shifokorga murojaat qiling.
Parkinson xastaligi — markaziy nerv tizimining sekin rivojlanib boruvchi degenerativ kasalligi bo‘lib, asosan gipokineziya, mushaklar qattiqlashishi, tinch holatda titrash va postural buzilishlar singari harakat buzilishlari bilan ifodalanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter