Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi» — Akmal Saidov

«Konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi» — Akmal Saidov

Bugun «Inson qadri» onlayn platformasi va «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» to‘plami taqdimotiga bag‘ishlangan xalqaro tadbir tashkil etildi.

Taraqqiyot strategiyasi markazi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Akmal Saidov konstitutsiyaviy o‘zgarishlar jahon bilan hamnafas ekanini ta’kidladi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

«Karl Marks va Fridrix Engelsning «Kommunistik partiya manifesti»ni juda yaxshi o‘rganganman. Uning birinchi jumlasida aytiladiki: «Yevropada kommunizm sharpasi kezib yuribdi», deb. Men shuni sal boshqacha qilib aytardim, hozir butun dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi. Bugun dunyoning 130 dan ortiq mamlakatida konstitutsiyaviy islahotlar ketmoqda. Mamlakatimiz konstitutsiyasini yanada demokratlashtirish muhtaram prezidentimizning saylovoldi uchrashuvlarida saylovchilar tomonidan ilgari surilgan edi», — dedi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari.

Shuningdek, Saidov taraqqiyot strategiyasi degan nom bejiz tanlanmagani, bu nom avvalo mazkur Taraqqiyot strategiyasi 2017 yil fevralida tasdiqlangan va keyingi besh yil ichida hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasining yangi bosqichdagi mantiqiy davomi ekanini anglatishini ham ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish haqidagi tashabbus bilan chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring