Koinotdan oy botishi qanday ko‘rinadi?
Rossiyalik kosmonavt Oleg Artemev Xalqaro kosmik stansiyadan oyning botishini tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Dunyoning ufq chiziqlarida sekin-astalik bilan moviy rangda botayotgan oyni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan kosmonavt tabiat muxlislarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Avval ham rossiyalik kosmonavt Kiprni koinotdan tasvirga olgan edi.
«Kipr – kichkina davlat. Lekin u O‘rta dengizdagi uchinchi katta orol. Koinotdan bu orol ajoyib ko‘rinadi», – degan edi Oleg Artemev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter