Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobulda yana portlash bo‘ldi

Kobulda yana portlash bo‘ldi

Bugun, 20 aprel kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida minalashtirilgan avtomashina portlatilgan. Bu haqda afg‘on matbuot xabar tarqatgan.

Manba xabariga ko‘ra, toliblarning pikapi nishon bo‘lgan. Portlash Qandahor bozori oldida amalga oshirilgan. Hozircha 3 kishi jabrlangani aytilgan.

«Tolibon» harakati portlash va undan jabrlanganlar haqida rasmiy izoh berganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 aprel kuni Kobuldagi bir necha maktabda yirik portlashlar kuzatilgan va oqibatda o‘nlab odam halok bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring