Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kitobga oid bino arxitekturasi qanday bo‘lishi kerak?

Kitobga oid bino arxitekturasi qanday bo‘lishi kerak?

Nozimjon Safarovning yozishicha, bizda qanaqadir kitob uchun yodgorlik qurilar ekan.

Mayli-mi biroz shu haqda g‘ijjilab gapirsam?

Sizlardan iltimos qilaman, bu kabi o‘lim qiyofasidagi bino maketini chuqurroq quduqqa tashlab yuboring, toki hech kim ko‘rmasin. Bu xuddi kimdir tomonidan mast holatda yashilga bo‘yalgan va arxitektura xilma-xilligiga putur yetkazilgan Ashxobodni yodga soladi.

Mening nazarimda kitobga oid arixitektura bino inshooti butunlay boshqacha bo‘lishi kerak. Zamonaviy ruhda, yorqin va keng xonalar, turli xil nisbatlar, tadbirlar, kitob yarmarkalari, ommaviy ma’ruzalar, festivallar uchun makon sifatida keng funksionallikka ega bo‘lgan bo‘lishi lozim. Va albatta, tomida bu kabi «ilohiylashtirilgan» yoki qashshoqlashtirilgan gumbaz sifatida kitob bo‘lishi shart emas.

Bir kun kelib aviachiptalar arzonlashib, xalqimiz yiliga bir necha marta xorijga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishini orzu qilaman. Ta’m va estetika — TA’LIM yoki DUNYoQARAShNI KENGAYTIRISh orqali o‘zlashtiriladi. Afsuski, uchinchisi berilmagan.

Toshkentda yuz marta chiroyliroq dizayn yarata oladigan yosh iste’dodli me’morlar juda ko‘p. Eng asosiysi musobaqa (tanlov) o‘tkazish. Ishlarni e’lon qilish (nashr qilish) va munosibini tanlash kerak.

Aziza Umarova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring