Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kitobda loyiha qiymati 48 milliard so‘mlik yangi IT-maktabi ochildi

Kitobda loyiha qiymati 48 milliard so‘mlik yangi IT-maktabi ochildi

Kitob tumani markazida «Iqtidor IT-akademiyasi» nomli maktab foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari, nuroniylar hamda bir guruh tuman faollari ishtirok etdi. An’anaga muvofiq, dastavval ramziy qizil tasma kesildi va shundan so‘ng mehmonlar maskandagi yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur ta’lim muassasasi davlat xususiy sherikchilik asosida kitoblik taniqli IT mutaxassisi, hozirgi kunda o‘zining mazkur yo‘nalishda nufuzli kompaniyasiga ega bo‘lgan Alisher Tojiyev tomonidan tashkil etilmoqda. Loyihaning 1-bosqichida 150 nafar o‘quvchilarni dasturlash bo‘yicha o‘qitish rejalashtirilgan hamda buning uchun maktabda barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring