Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kayf»dagi xodim ishdan olindi

«Kayf»dagi xodim ishdan olindi

Bir necha kun muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari xodimining xizmat libosida spirtli ichimlik iste’mol qilgani aks etgan video tarqalgan va jamoatchilik o‘rtasida keng munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati mazkur xodimning ayni paytda tizimdan bo‘shatilganini yozmoqda.

«Viloyatning Qo‘shrabod tumani IIB profilaktika inspektori lavozimida  xizmat qilgan (IIO xizmatiga 2023 yil 20 noyabrda qabul qilingan) katta serjant Z.S. «xizmat kiyimida spirtli ichimlik iste’mol qilganligi hamda ichki ishlar organlari xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlari» uchun ichki ishlar organlari xodimlari safidan bo‘shatilgan», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Shuningdek, ushbu holatni kelib chiqishiga yo‘l qo‘ygan rahbar xodimlarga nisbatan ham xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring