Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

San’at Umarov 6 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

San’at Umarov 6 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Shu yilning iyul oyida Kattaqo‘rg‘on IIB vakili o‘g‘irliklikda gumonlangan ayolni tahqirlagani videosi tarqalgani, keyinroq uning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani habar qilingandi. O‘z navbatida, Ichki ishlar vazirligi mazkur voqeaga munosabat bildirib,  San’at Umarovni «nopok, tizimga tasodifan kirib qolgan xodim» deya atagandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida Kattaqo‘rg‘on shahar IIBning sobiq xodimi San’at Umarov ustidan hukm o‘qildi.

«Kun.uz»ning xabar berishicha, sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, S. Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 2-qismi «a», «z» bandlarida va 241-1 moddasida (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda (etishda) aybdor deb topdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudlanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 3 yil mansabdorlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda (ya’ni, u ozodlikdan chiqqanidan keyin 3 yil davomida davlat ishida ishlay olmaydi), 6 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi hamda jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashni belgiladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring