Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kattaqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim qo‘yildi

Kattaqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim qo‘yildi

Foto: Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi.

Navbatdan tashqari sessiyada deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib Nasriddinov Jamshid To‘lqinovich nomzodi tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha qisqa muddat mobaynida Qilichbek Xudoyberdiyev Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajarib keldi.

Kattaqo‘rg‘on tumanining avvalgi hokimi A’zamxon Bahromov 60 yoshida olamdan o‘tgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring