+49,6 daraja! Kanadada jazirama issiq 500 ga yaqin kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi viloyatida favqulodda o‘lim holatlari ko‘payib ketdi. «RIA Novosti» xabar berishicha, hududda bir necha kun davomida 486 kishi vafot etgan, ularning o‘limiga shimoliy o‘lkada ayni paytda hukm surayotgan jazirama issiq sababchi bo‘lgani aytilmoqda.
Seshanba kuni Britaniya Kolumbiyasi hukumati viloyatning turli shaharlarida 100 dan ziyod inson favqulodda yuqori havo harorati qurboniga aylangani xabarini bergandi.
Meteorologlar 29-iyun kuni ushbu hududda 49,6 darajali harorat rekordini qayd etishgan.
Favqulodda o‘lim holatlarini o‘rganuvchi koronerlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, payshanbaga kelib Britaniya Kolumbiyasida issiq havo oqibatida o‘lganlar soni 486 nafarni tashkil etdi. Bu raqam yanada kattalashishi ehtimoli mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter