Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

40 darajadan yuqori harorat hududlarda yong‘in xavfini oshiradi – mutaxassis

40 darajadan yuqori harorat hududlarda yong‘in xavfini oshiradi – mutaxassis

Uzoq muddat yog‘insiz kunlardan so‘ng mavsum uchun ilk 40 darajadan ortiq issiqlik to‘qini hududlarda yong‘in xavfini oshiradi.

Bu haqda gidrometeorolog Erkin Abdulahatov yozmoqda.

«Haroratning mavsumga xos bo‘lmagan haddan tashqari yuqorilashi yong‘in xavflarini oshiradi.

Masalan, Kazgidromet ham 2025-yil 12-may kun uchun O‘zbekiston bilan chegaradosh janubiy viloyatlarda yong‘in yuz berishi mumkin to‘q qizil xavfni e’lon qilgan», — dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, FVV o‘z rasmiy sahifasida birgina poytaxtning o‘zida 14-16-may kunlari uchtadan ortiq holatda yirik yong‘in hodisalari haqida ma’lumot qoldirdi.

Shuningdek, bugun, 17-may kuni ham Jizzax shahridagi oshxonalarning birida katta yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring