Kanada davlatida qaysi kasblarda yillik o‘rtacha ish haqi eng yuqori sanaladi? (ro‘yxat)

Mazkur ro‘yxatda o‘rtacha ish haqlari aks etgan, eng past yoki eng baland ish haqlari emas. Chunki yanada ko‘proq daromad qilish ish tajribasi, hudud va malakaga bog‘liq.
Jarrox, kardiolog, anestiziologlar - $300-600 ming
Stomatologlar, Psixiatrlar - $180-300 ming
Neft-gaz muhandislari - $150-220 ming
Huquqshunoslar - $140-250 ming
IT muhandislar - $140-200 ming
Moliya menejerlari - $130-250 ming
Arxitektorlar - $130-200 ming
Marketing mutaxassislari - $120-180 ming
Injenerlar - $120-160 ming
Universitet o‘qituvchilari - $110-170 ming
Farmatsevtlar - $110-150 ming
Uchuvchi pilotlar - $100-200 ming
Qurilish menejerlari - $100-150 ming
Xamshiralar - $100-140 ming
Veterinarlar - $100-130 ming
Kanada hududida qaysi kasblar ko‘proq qadrlanishini shunga qarab osongina aniqlab olish mumkin. Tinch xotirjam, bir kasbni boshini tutib yashashni istaganlar uchun ish haqiga hayot kechirish qulay hisoblanadi ba’zilar uchun.
Lekin, faqat oylik ish haqiga emas, biznes orqali daromad qiluvchilar bu summalardan anchagina kattaroq pul topishadi. Biroq, bilasizki millionlab daromad qiluvchi biznesmenlar hayoti har doim ham tinch va xotirjam bo‘lmaydi. Har qanday qiyinchiliklarga tayyor bo‘lgan insonlargina biznes qilishga jur’at etishadi. Kelgusi postlarda bu davlatda biznes qilish imkoniyatlariga ham batafsil to‘xtalamiz.
Ma’lumot to‘plashda "jobbank" va "indeed" manbalaridan foydalanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter