Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanada va AQShda qor bo‘ronlari qurbonlari soni 50 nafarga yetdi

Kanada va AQShda qor bo‘ronlari qurbonlari soni 50 nafarga yetdi

Chiktovaga, Nyu-York shtati.

Foto: AP

Ayni kunlarda Kanada va AQShning katta qismida noodatiy sovuq ob-havo sharoiti kuzatilmoqda.

AQShda qish qahratoni 46 kishining umriga zomin bo‘ldi, Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida esa avtobus muzlagan yo‘lda ag‘darilib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Sky News.

Halok bo‘lgan amerikaliklarning 18 nafari Nyu-York shtatining Buffalo shahrida yashagan. Bu hududda asosan qahratonda mashinasida qolib ketganlar nobud bo‘lgan.

Milliy meteorologiya xizmati 25-dekabr kuni Buffalo aeroportida deyarli 1,2 metr qalinlikda qor yoqqanini ma’lum qildi.

Nyu-York shtati gubernatori Keti Hochul bayonot berishicha, madad uchun yo‘lga chiqqan ko‘plab tez yordam va qutqaruv mashinalari qorda botib qolgan. Ko‘p qor yog‘ishi bilan birga, juda sovuq havo harorati va bo‘ron qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda.

Buffalo politsiya boshqarmasi qorda yuruvchi mashinalar egalarini qidiruv-qutqaruv ishlarida yordam berishga chaqirdi.

Qahraton qish AQShda 1,8 milliontagacha uyni elektrdan uzib qo‘ydi, minglab aviareyslar bekor qilindi yoki qoldirildi. Kanadada kamida 140 mingta uy elektrsiz qoldi, ularning aksariyati Ontario va Kvebek provinsiyalarida joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring