Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Grenlandiyaning yangi bosh vaziri: Orol AQShga berilmaydi

Grenlandiyaning yangi bosh vaziri: Orol AQShga berilmaydi

Foto: Reuters

Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyani olmaydi. Bu haqda Grenlandiya yangi bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen Facebook (Meta) ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

«(AQSh prezidenti Donald) Tramp AQSh «Grenlandiyani olishi» haqida gapirdi. Menga tushuntirishga ijozat bering: AQSh orolni olmaydi. Biz boshqalarga tegishli emasmiz. Biz kelajagimizni o‘zimiz hal qilamiz. <...> Kecha shunday edi. Bugun shunday. Kelajakda ham shunday bo‘ladi», — dedi bosh vazir.

Orolliklar Trampning bayonotlaridan qo‘rqmasliklari kerak. Bunday xitoblarni xotirjam, munosib va birdamlik bilan qarshilash kerak, deya qo‘shimcha qildi Nilsen.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring