Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanada «Besh ko‘z» ittifoqini tark etadimi?

Kanada «Besh ko‘z» ittifoqini tark etadimi?

Foto: China Military

AQSh prezidenti ma’muriyati Kanadani «Besh ko‘z» (Five Eyes, FVEY) alyansidan chiqarib yuborish masalasini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda Financial Times o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

«Shimoldagi qo‘shnini badarg‘a qilish» taklifi Donald Trampning savdo bo‘yicha katta maslahatchisi Piter Navarrodan chiqqan. Vashington Kanadaga shu tariqa bosim qilishi mumkin, deb yozdi nashr. Hozircha AQSh prezidentining taklifga munosabati qorong‘u, g‘oya a’yonlar darajasida muhokamada.

Ma’lumot uchun: «Besh ko‘z» — 1946-yilda asos solingan, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya razvedkalari ittifoqi. A’zo davlatlar kiberxavfsizlik va aksilterror sohalarida o‘zaro ma’lumot almashinadi. Kanada chiqarib yuborilsa, bu alyans tarkibidagi ilk tarixiy o‘zgarish bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring